9-may – Xotira va qadrlash kuni!
Bugungi yaxshi kunlarimiz uchun jon bergan bobolarimiz va buvilarimizni oxirati obod bo‘lsin. Hozirda yashayotganlarining umri uzoq va quvonchga to‘la bo‘lsin! Davlatimizga bugungi kunda tinchlik va adolat qadriyatlariga dushman bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashda ham g‘alaba qilish nasib qilsin.
Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12 noyabrdagi PF-6110-son Farmonning 11-bandi muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash tizimida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish belgilangan. Mazkur loyiha doirasida Agentlik vazirlik bilan birgalikda davolash profilaktika muassasalarida bepul va pullik tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, tibbiyot muassasalarining joriy holati, dori vositalariva tibbiy anjomlar bilan taʼminlanganligi kabi qator masalalar yuzasidan joyiga chiqqan…
“Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi
“Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologiya yodgorligi hududiga zarar yetkazilayotganligi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaat Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda o‘rganildi. Maʼlumot o‘rnida: IV-XV acplarga oid ushbu obyekt davlat muhofazasida bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabridagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-son qarori bilan tasdiqlangan moddiy…
OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI
Rasmiy sahifalarimiz orqali “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida Murod Moʻminov profili ostida oʻzini barchaga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, aldov yoʻli bilan noqonuniy daromad qilayotgan shaxs qoʻlga olingani haqida xabar bergan edik. Mazkur shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni oʻz yakuniga yetdi. Aniqlanishicha, ushbu shaxs oʻzganing mulkini aldash yoʻli bilan qoʻlga kiritish…
Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi
Joriy yilning 7 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Agentlik tomonidan korrupsiyaning oldini olish va aholi orasida korrupsiyaganisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda korrupsiyagaqarshi kurashish tizimini yaratishda inson omilini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi…
OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA HAL QILUVCHI OMIL
So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli va izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Albatta, bu jarayonda parlament quyi palatasi tomonidan ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi keskin kurashish borasida strategik rejalar ishlab chiqilgan. Mazkur rejalarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda asosiy eʼtibor korrupsiya illatining kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularga…
Read More “OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA HAL QILUVCHI OMIL” »
18+ tadbir va/yoki Korrupsiya
(пастда кирилчаси)Poylash, voqea ustida ushlash bo‘yicha shuncha qobiliyat, malakalaring bor ekan. Bu iqtidorni korrupsionerlarni ushlashga ham ishlatlasalaring xalqqa yana-da ko‘p foydasi tegadi. Yaʼni: bitta poraxo‘r kamayadi;bitta noinsof mansabdor lavozimdan olinadi, ish joyi ochiladi;joyiga yaxshi xodim kelishi mumkin bo‘ladi;tadbir davomida olingan ashyoviy dalil pora pullari davlat byudjeti foydasiga kirim bo‘ladi. Sabablari: poraxo‘r davlat va xalq haqqini…
Samarali boshqaruvdagi muammo haqida mulohaza
“Hokimiyatlar va ijro organlarini o’zaro tiyib turish” tamoyiliga salbiy ta’sir qilib kelayotgan amaliyotlardan biri bu – rahbar kadrlarni tayinlashda huquq-tartibot xodimini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga rahbar qilinishi yoki aksinchasidir.Yani bugun prokuror ertaga hokim, indin hokim prokuror, mirshab hokim yoki hokim mirshab bo’lishi va h.k.Bu amaliyot shu soha xodimining o’z vakolatini to’liq va qatiyat bilan bajarishiga psixologik to’sqinlik…
Bugun Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
BMT 2003 yil 21 noyabr kuni “Korrupsiya qarshi kurash to’g’risida”gi Konvensiyani davlatlar imzolashi uchun e’lon qilgan. Shu kungi Bosh Assambleya yig’ilishida 9-dekabr kunini 2004 yildan boshlab har yili “Korrupsiyaga qarshi kurash” xalqaro kuni sifatida nishonlash tasdiqlagan.Bundan maqsad insoniyatga korrupsiya illatini eslatib turish ko’zlangan.
